UYeFA Fransiyada davom etayotgan Yevropa chempionati guruh bosqichining eng chiroyli golini e'lon qildi.
F guruhi vakillari Vengriya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 19‑daqiqasida vengerlar hujumchisi Zoltan Gera tomonidan kiritilgan gol uchun UYeFA saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashchilarning 74 foizi ovoz berdi.
Ta'kidlash joiz, Gera bu golni 37 yoshu 61 kunlik vaqtida urdi. Bu bilan hujumchi Yevropa chempionatlarida gol urgan eng yoshi katta ikkinchi futbolchi bo‘ldi.