Buyuk Britaniya parlamentida mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendum natijalarining bekor qilinishi haqida gapira boshlandi. Bunga jiddiy sabablar bor: birinchidan, qayta ovoz berish bo‘yicha arznoma 2 milliondan ko‘proq imzo to‘pladi, ikkinchidan, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibidan chiqishini gapira boshladi. Edinburgda mustaqillik bo‘yicha ikkinchi referendum o‘tkazishga imkon beruvchi qonun loyihasi ham tayyorlandi.
Leyboristik partiya deputati Devid Lemmi parlamentga referendum natijalarini bekor qilishni taklif qildi.
"Uyg‘oning. Biz buni qilishimiz kerak. Biz bu telbalikni to‘xtatishimiz va parlamentda ovoz berish bilan bu dahshatga chek qo‘yishimiz mumkin. Bizning suveren parlament biz YeIda qolishimiz kerakligi masalasida ovoz berishi kerak", deb yozdi deputat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Lemmining aytishicha, referendum maslahat va unga amal qilinishi talab qilinmaydigan ko‘rinishda bo‘lgan. Deputat Brexit uchun ovoz berganlar bundan afsusda ekanliklarini aytmoqda.
"Endi parlament biz Brexit’ga yo‘l berishimiz kerak-kerakmasligini hal qilishi va keyingi haftada ovoz berish o‘tishi kerak", deb yozdi Lemmi.