Afg‘oniston prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Moskvaga keladi

Jahon 19:00 / 26.06.2016 4530

Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Xanif Atmar 25-27 iyul kunlari Moskvaga tashrif buyuradi, deb ma'lum qildi Rossiyaning Kobuldagi elchisi Aleksandr Mantitskiyga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

Atmar Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan uchrashadi.

"Afg‘oniston Islom Republikasi prezidenti milliy xavfsizlik maslahatchisi Rossiya poytaxtiga safari davomida Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan strategik xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlarda ishtirok etadi", deyilmoqda xabarda.

Avvalroq Rossiya va Afg‘oniston razvedka ma'lumotlari bilan almashish bo‘yicha kelishuvga kelganlari ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: