Yirik dunyoviy videoxosting YouTube va Facebook ijtimoiy tarmog‘i ekstremistik videolarni avtomatik tarzda bloklash xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda manbaga asoslangan holda “Reyter” agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning ma'lum qilishicha, avtomatik tizim IShID terrorchilik guruhi tomonidan yuklangan targ‘ibot videolari va shunga yaqin materiallarini zudlik bilan bloklab qo‘yadi.
Ushbu texnologiya boshida mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentni topish va o‘chirish uchun ishlab chiqilgan edi. Tizim faylning xeshini qidiradi. U esa internet-kompaniyaga mazkur xeshga aloqador barcha ma'lumotlarni o‘chirib tashlash imkonini beradi.
foto:Google image