Ukraina biznesining joriy yil birinchi choragida ko‘rgan iqtisodiy talofati 1,068 trillion griven (joriy kurs bo‘yicha 42,9 milliard AQSh dollari)ni tashkil etgan. Bu haqda, Ukraina parlamentining soliq va bojxona siyosati bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Nina Yujanina ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda amal qilayotgan daromad solig‘i biznes zararini 3oyda bir trillion grivenga yetkazgan.
Yujaninaning aytishicha, bugungi kunda "mamlakatdagi daromad solig‘i sun'iy yo‘l bilan to‘planadi - ularning yarmidan ko‘pi ortiqcha to‘lovlar natijasida yig‘iladi".
foto:Google image