Si Tszinpin: RF va XXR hamkorligi xalqaro siyosatning sog‘lom rivojiga hissa qo‘shmoqda

Jahon 17:50 / 25.06.2016 5685


XXR raisi Si Tszinpin RF prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muloqotida qayd etishicha, Rossiya va Xitoyning strategik hamkorligi va o‘zaro aloqalari mintaqaviy va xalqaro siyosatning sog‘lom rivojiga samarali ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 

Si Tszinpin shuningdek, 2016-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga 15 yil hamda strategik hamkorlik aloqalari o‘rnatilganiga 20 yil to‘lishini alohida yodga olgan. 

"Shu boisdan ham, prezident Putinning Xitoyga tashrifi o‘ziga xos ma'noga ega. Kuni kecha, biz ShHT sammitida boshqa ishtirokchi davlatlar bilan birga tashkilotni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdik. Men Sammit natijalaridan qoniqish hosil qilganimni bildirmoqchiman", - degan Si Tszinpin. 

U, yangi davr sharoitlarida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida prezident Putin bilan amalga oshirayotgan sa'yi-harakatlarini yuksak qadrlashini ta'kidlagan.

 

foto:Google image

Ko‘proq yangiliklar: