Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonotiga ko‘ra, rasmiy Moskva Xitoy bilan munosabatlariga ustuvor ahamiyat beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Putin Butunxitoy xalq vakillari doimiy qo‘mitasi raisi Chjan Detszyan bilan uchrashuvida shunday fikrlarni bildirgan.
«Siz Xitoy Xalq Respublikasiga safarlarimni yodga oldingiz. Bu, albatta, Rossiya Xitoy bilan munosabatlarga ustuvor ahamiyat berishini anglatadi», — degan Putin.
Prezident shuningdek, ikki mamlakat o‘zaro aloqalarida «parlamentlararo hamkorlik ham muhim o‘ringa ega»ligini ta'kidlagan.
Chjan Detszyan o‘z navbatida Putinga safarini muvaffaqiyatli yakunlashni tilagan.
Avval xabar qilinganidek, 25 iyundan XXRga rasmiy tashrif buyuradigan Putin xitoylik hamkorlari bilan qurol-yarog‘ savdosi, energetika sohasiga sarmoya topish va tezyurar temiryo‘llarni barpo etish loyihalarini muhokama etadi.