Texasdagi Fort-Uort shahrida joylashgan raqs maktabida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqida Associated Press xabar qildi.
Otishma natijasida ikki nafar kishi halok bo‘ldi, bir nechasi jarohat oldi. Politsiya vakili Deniyel Seguraning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan xodimlar o‘q uzilishi natijasida halok bo‘lgan kishining tanasini topishgan. Qolgan jabrdiydalar shifoxonaga yetkazilgan, u yerda yana bir kishi halok bo‘lgan.
Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.