Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy poytaxti – Pekinga rasmiy safar bilan keldi. Putin safar vaqtida bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Putinni samolyot trapi yonida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I kutib olgan.
Safar doirasida Putinning Xitoy raisi Si Tszinpin, mamlakat bosh vaziri va Xalq vakillarining Umumxitoy yig‘ilishi doimiy qo‘mitasining raisi bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, 50 dan ko‘proq hujjat imzolanishga tayyorlanmoqda.
Avvalroq Putin Toshkentdagi ShHT sammiti vaqtida Xitoy rahbari bilan uchrashgandi.