Pxenyan BMT XKning bayonotini rad etdi

Jahon 11:09 / 25.06.2016 4593

Shimoliy Koreya, BMT XK tomonidan Pxenyanning so‘nggi raketa sinovlarini tanqid qilib berilgan bayonotni rad etdi, deb xabar qilmoqda Janubiy Koreyaning «Renxap» agentligi. 

Mahalliy OAV Shimoliy Koreya TIV raddiyasini e'lon qilgan. Unda, ushbu sinovlardan ko‘zlangan maqsad, mamlakat xavfsizligini ta'minlashga kifoya qiladigan mudofaa tizimini barpo etishdan iborat, degan fikrlar bildirilgan. 

«Biz, BMT XKning noxolis va ikki xil standartlar asosida yozilgan xabarnomasini to‘liq rad etamiz. Chunki, Koreya yarimorolidagi ziddiyat keskinlashuvining bosh sababchisi AQShdir», — deyiladi TIV bayonotida. 

Rasmiy Pxenyan, mamlakat iqtisodiyotni rivojlantirish va yadro kuchlarini mustahkamlash uchun ham ballistik raketalar sinovi o‘tkazilayotganini ta'kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya o‘rta masofaga ucha oladigan «Musudan» tasnifidagi ballistik raketasi sinovini o‘tkazgan edi. Mamlakat markaziy televideniyesi uning muvaffaqiyatli o‘tgani va raketalar "Hwasong-10" deb nomlangani haqida xabar qilgan edi.

 

 

Foto: Reuters

Ko‘proq yangiliklar: