Odessada istiqomat qiluvchi ayol besh egizakni dunyoga keltirdi

Jamiyat 12:29 / 25.06.2016 7649

24 iyunda odesseyalik ayol birvarakayiga besh egizak - uch o‘g‘il va ikki qizaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Odessa shahari hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Igor Shpakning ma'lum qilishicha, ayolning homilasi sakkiz hafta bo‘lganida o‘tkazilgan ultratovush tekshiruvidayoq uning besh egizakni kutayotganligi aniq bo‘lgan. 

Homiladorlik vaqtida esa ayol doimiy ravishda kuzatuv va konsultativ nazorat ostida bo‘lgan. 

Homilaning 30-haftasida esa ona va egizak bolalarni saqlab qolish maqsadida tug‘uruq jarrohlik yo‘li orqali amaga oshirilgan. 

Shunday qilib, egizak go‘daklar dunyoga kelgach, o‘g‘il chaqaloqlarni og‘irligi 1810, 1190, 1720, qizchalar esa - 1450 i 1250 grammni takil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: