Nikita Belyx sudda aybini tan olmadi

Jahon 16:17 / 25.06.2016 5830

Rossiyaning Kirov viloyati gubernatori Nikita Belyxning ta'kidlashicha, u pullarni pora sifatida emas, balki Kirov shahri ehtiyojlari uchun olgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Belyx so‘roq chog‘ida, pullarni Kirov shahri ehtiyojlari uchun olganligini aytdi», — deb ma'lum qilgan jarayondan xabardor shaxs. 

U, shuningdek, aybiga iqror bo‘lishdan bosh tortgan, ammo tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. 

«Aybimni tan olmayman, men hech qanday jinoiy ish bilan shug‘ullanganim yo‘q. Pora olmaganman, olmayman ham. Barcha ko‘rsatmalarimni tergovchiga berdim va tergov tomoni bilan yana hamkorlik qilishga tayyorman», — degan Belyx.

Ko‘proq yangiliklar: