Moskva sudi 200 nafardan ziyod nafaqaxo‘rni aldagan 12 kishilik etnik jinoiy guruh ustidan hukm o‘qidi. Bu haqda Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk ma'lum qilgan.
"Sud o‘n ikki nafar ayblanuvchini 22 iyulga qadar hibsga olish haqida qaror chiqardi", - dedi u.
IIV vakilining aytishicha, zarar keltirilgan summa miqdori 50 mln rublni tashkil etadi. Avvalroq Rostov viloyatida mobil telefon orqali firibgarlik qilgan va 200 nafar nafaqaxo‘rlardan 20 mln rubl miqdorida pulni o‘zlashtirgan 20 kishi hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.
Ular nafaqaxo‘rlarning uy telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishib, ularga o‘zlarini ijtimoiy xizmat xodimi etib tanishtirishgan. So‘ngra nafaqaxo‘rning davlat dasturiga tushganligini, unga dam olishga yo‘llanma va bir martalik ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi haqida aytishgan. Pulni olish uchun ulardan bank kartalarining kodi va raqamlarini so‘rashgan. Keyinchalik ular nafaqaxo‘rning hisob-raqamidan pul yechib olishgani ma'lum bo‘lgan.
Qo‘lga olinganlar Moskvaga yetkazilgan.