AQShning birinchi xonimi Mishel Obama qizlari Natasha Obama va Maliya Enn Obama bilan birgalikda Afrika qit'asiga, o‘smir qizlar ta'limini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘l olishadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Olti kunlik safarlari chog‘ida xonimlar Marokash va Liberiyada bo‘lishadi. Shuningdek, Ispaniyaga ham tashrif buyurishadi.
Mishel Obama o‘tgan yildan buyon Let Girls Learn loyihasi ustida ish olib bormoqda. Loyihaning maqsadi Amerika hukumatining rivojlanayotgan davlatlardagi o‘smir qizlar ta'limini taraqqiy ettirishga qaratilgan.
foto: JOE PENNEY | REUTERS