Meksikadagi yirik avtohalokatda 10 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi

Jahon 07:28 / 25.06.2016 4352

Meksikaning Chiuaua shtatida 24 iyunda yo‘lovchi avtobusi treylerga borib urilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 29 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga iqtibos keltirgan holda El Sol de Mexico nashri xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi Syudad-Xuares shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyida politsiya xodimlari, shifokorlar va qutqaruvchilar ish olib borgan. Jarohatlangan shifoxonalarga yetkazilgan.

Halok bo‘lganlar shaxslari o‘rnatilmoqda.

Voqea joyidan olingan lavhalarga ko‘ra, avtobus yo‘lning to‘g‘ri qismida treylerga urilgan. Politsiyaning taxminicha, avtobus haydovchisi uxlab qolgan bo‘lishi mumkin, biroq avtohalokatning aniq sabablarini bir qator ekspertizalardan keyin aytish mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: