Meksika janubi-g‘arbidagi Gerrero shtatida jinoyatchilar uch nafar federal politsiya agentini otib tashlashdi. Bu haqda mahalliy amaldorlar ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.
Agentlar fuqaro kiyimida Chilapa-de-Alvares shahridagi bozorda ovqatlanishayotgan edi. Shu payt qurollangan erkaklar jamoasi u yerga kelgan.
Federal politsiya armiya bilan birga narkosotuvchilarga qarshi urush olib bormoqda. Shahar Iguala pedagogik kollejidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. 2014 yilda u yerda 43 nafar talaba sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan edi.
foto:Google image