Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni joriy yil sentabr oyida Xitoyda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “kuchli yigirmatalik” mamlakatlari o‘rtasidagi uchrashuvga taklif etdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy poytaxti – Pekinga rasmiy safar bilan kelgani va prezident o‘z safari vaqtida bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi.
"Katta yigirmalik" guruhi - global iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun tashkil etilgan forumdir. G20 guruhi tarkibiga jahonning taraqqiy etgan va etayotgan eng yirik 20ta davlati kiradi. Jahon YaIMning 85 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Foto:© RIA