RF Tergov qo‘mitasi Kirov viloyati gubernatori Nikita Belyxni o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda ayblayapti, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Bu haqda, Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin ma'lum qilgan.
Avvalroq, Rossiyaning Kirov viloyati gubernatori Nikita Belyx 400 ming yevro pora olayotganda qo‘lga olingani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Uning sobiq o‘rinbosari Sergey Karnauxov, mazkur hibsga olishni, firibgarlikda ayblangan kirovlik tadbirkor Albert Laritskining qamoqqa olinishi bilan bog‘lagan.
Belyx — muxolifatdagi O‘ng kuchlar ittifoqining sobiq yetakchilaridan biri bo‘lib, 2009 yilda, Dmitriy Medvedev prezidentligi davrida gubernatorlikka tayinlangan edi.