AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatidagi suv toshqinlari sabab halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi. Bu haqda politsiya ma'lumotlari asosida CNN xabar bermoqda.
Avvalroq halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Kuchli jala shtatda 23 iyundan buyon davom etmoqda. Virjiniya hamda G‘arbiy Virjiniya shtatlarida favqulodda holat e'lon qilingan.