AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatida yuz bergan suv toshqinlari sabab halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq qurbonlar soni 20 kishini tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 100 ga yaqin uy va 1000 ga yaqin kishi elektr quvvatisiz qolgan. Hukumat qurbonlar soni ortishidan xavotirda ekanligini ma'lum qilgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davom ettirilyapti.
AQShning favqulodda vaziyatlar federal agentligi o‘z xodimlarini tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun jo‘natgan. Ular shtat hukumati bilan birga harakatlanishadi.
Avvalroq 500 ga yaqin kishi toshqin sabab G‘arbiy Virjiniyadagi savdo markazida qamalib qolgani haqida xabar berilgan edi.
foto:Google image