YeI va Britaniya bir-birini diqqat bilan tinglashi lozim

Jahon 13:59 / 25.06.2016 5320

GFR tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyerning fikricha, YeI va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi kelgusi aloqalar rivoji, ularning bir-birini naqadar diqqat bilan tinglashiga bog‘liq bo‘ladi, deb xabar qilgan RIA «Novosti».

U, Fransiya, Italiya va Benilyuks mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvidan avval, jurnalistlar bilan o‘tkazgan muloqotida shunday fikrlarni bildirgan. 

«Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga oid savollarning hammasi ham oydin emas. Barchasi, biz bir-birimizni qanchalik diqqat bilan eshitishimizga bog‘liq», — degan Germaniya tashqi ishlar vaziri. 

Uning aytishicha, bugungi kunda Yevropa tinchlik va barqarorlikning loyihasining amaldagi muvaffaqiyatli aksidir. 

Avvalroq, AQSh prezidenti Barak Obama Britaiya referendumi natijalarini GFR kansleri Angela Merkel bilan muhokama etgani xabar qilingan edi.

 

foto:© AFP 2016/ John MacDougall

Ko‘proq yangiliklar: