Buyuk Britaniya da Google foydalanuvchilari orasida "YeIdan chiqish qanday xavf soladi?" va "YeI nima?" kabi iboralar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha referendum natijalari e'lon qilingandan keyin yetakchilik qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, bu savollar mos ravishda 1- va 2-o‘rinni egallagan.
3-o‘rinda "YeIga qanday davlatlar kiradi?", 4-o‘rinda Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi oqibatlari haqidagi savol bo‘lgan.