Andijonda kezayotgan Ramazon fayzi

Jamiyat 14:31 / 25.06.2016 7363

Yurtimizda ajib fayz, betakror shukuh ila Ramazon oyi mehmon bo‘lib turibdi. Mana shu barakotli 30 kun davomida insonlar ko‘nglida o‘zgacha mehr-muruvvat, shukronalik va halimlikni sezamiz.
Ayniqsa, Yurtboshimiz tomonidan muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan Qaror o‘lkamiz musulmonlari qalbini mislsiz iftixorga to‘ldirdi. Azaldan o‘zi shunday, o‘zbek millati qadim-qadimdan bir ishni boshlasa, alohida tadorik bilan boshlaydi. Muborak oy boshlanishi oldidan shahar, tuman markazlari, mahallalarning guzaru-ko‘chalari, qabristonlarda ommaviy hasharlar o‘tkazilib, obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Vodiyning gavhar go‘shasi bo‘lgan Andijonning fayzli masjidlaridagi har oqshom o‘qilgan taroveh nomozlarida bo‘lganimizda, insonlar yuz-ko‘zida bugungi kundan beadad shukronalik hissini tuydik. Kecha oqshom viloyatdagi mavjud 159 ta rasmiy masjidda Qur'on xatmonalari yakuniga yetkazildi.
- Nuroniy oqsoqollar Yaratgandan Mustaqilligimizning abadiy bo‘lishi, el-yurtga tinchlik-xotirjamlik, so‘rab duolar qildilar, - deydi Oltinko‘l tuman bosh imom xatibi Muhammdyusuf To‘raqulov.

Elmurod ERMATOV, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: