Amerikaning Missuri shtati transport vazirligi Aydaxoning Solar Roadways startapiga ko‘mak beradi. Ushbu g‘oya muallifilari «aqlli» yo‘l qoplamalarini joriy etishni ilgari suradi, deb xabar qilmoqda The Next Web.
«Kelajakka yo‘l» tashabbuskor guruhi rahbari Tom Bler, The Kansas City Starga bergan intervyusida hikoya qilishicha, loyihaning tajribasi sifatida tarixiy Route 66 yo‘lining bir qismi quyosh panellari bilan qoplanadi.
Skott Bryusou va uning rafiqasi Julining istiqbolli loyihasiga nafaqat hukumat mablag‘ ajratmoqda, balki Indiegogo saytida o‘tkazilayotgan sarmoya to‘plash tashviqoti vositasida ham moliyalashtiriladi. Shu paytgacha u yerda 2,2 mln dollardan ortiq mablag‘ to‘plangan.
Solar Roadways (quyosh yo‘llari) tizimi quyosh panellariga ega oltiburchakli modulli plitalardan iborat bo‘lib, turli ehtyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Xususan, ular yo‘ldagi qatnovning zichligidan kelib chiqib, chiziqlar chizishi, yo‘ldagi hodisalardan ogoh etishi hamda qish mavsumida yo‘lni isitishi mumkin.
Foto:Google image