Mutaxassislar Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarda yangi virus tarqalayotganini aniqlashdi. Yangi zararli dastur shartli ravishda Godless («Xudosiz») deb nomlangan bo‘lib, uning xavfli jihati, antivirus dasturlarning ilg‘ay olmasligida. Bu haqda, Phone Arena portali Trend Micro kompaniyasi tadqiqotiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, virus Google Play’dagi ochiq ilovalar yordamida tarqalmoqda. Josuslik dasturi, telefon egasiga oid barcha ma'lumotlarni to‘plab, g‘arazgo‘ylarning qo‘liga topshirishi taxmin qilinayapti. Ushbu virus Android 5.1 va undan baland operatsion tizimlarida ishlaydigan smartfonlarga ta'sir ko‘rsata oladi.
Mutaxassislarning uqdirishlaricha, zararli dasturni na antiviruslar, na Google xizmatlari aniqlay oladi. Dunyo bo‘ylab esa, virus taxminan 850 ming telefonga tarqalib ulgurgan.