WSJ: Bank of America AQSh hukumatiga tarixdagi eng katta jarima to‘laydi

Iqtisodiyot 07:25 / 24.06.2016 6303

Bank of America (BofA) bankining bo‘limi Merrill Lynch mijozlarning milliardlab dollarlik mablag‘laridan foydalanganini tan oldi va AQSh regulyatori tomonidan qo‘yilgan shartlarni bajarishga rozi bo‘ldi, deb yozmoqda Wall Street Journal.

"Bank bo‘limi Merrill Lynch mijozlarning mablag‘laridan foydalangan holda ko‘p pog‘onali tranzaksiyalarga aloqadorligi sababli 415 mln dollar jarima to‘laydi. Omonatchilarning pullari birjada qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar uchun zaxira hisoblar sifatida ishlatilgan, agar muvaffaqiyatsizlikka uchralganda mijozlar mablag‘larining katta qismini yo‘qotgan bo‘lardilar", deb aytilmoqda xabarda.

Nashrning ta'kidlashicha, bu jarima AQSh qimmatbaho qog‘ozlar komissiyasi qoidalarini buzganlik uchun, omonatchilar manfaatini himoya qilishga yo‘naltirilgan tarixdagi eng katta jarimadir. 

Avvalroq Barclays va Credit Suisse banklari AQSh hukumatiga moliyaviy firibgarliklar uchun umumiy hisobda 154 mln dollar jarima to‘lashi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: