Volkswagen 10 mlrd dollar tovon pulini AQShdagi 428 ming mijozi o‘rtasida taqsimlaydi

Jahon 07:43 / 24.06.2016 3704

Volkswagen dizel modellari sotib olgan AQShdagi mijozlariga 10,2 mlrd dollar jarima to‘laydi, deb xabar bermoqda OAV.

Ushbu pulni karbonat angidridning atrof-muhitga chiqarilishini kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot o‘rnatilgan avtomobillarni sotib olgan 428 ming kishi orasida taqsimlash rejalashtirilmoqda.

Tovon puli miqdori ming dollardan 7 ming dollargachani tashkil qiladi.

Avvalroq Volkswagen AQSh hukumati bilan "dizel mojarosi" bo‘yicha topshirilgan fuqarolik da'volari bo‘yicha kelishuv tuzgani ma'lum qilingandi.

Bu mojaro o‘tgan yil sentabrida AQSh hukumati Volkswagen’ni o‘z dizel mashinalariga zararli chiqindilarning ko‘rsatkichlarini pasaytirib ko‘rsatuvchi maxsus dasturni o‘rnatganlikda fosh qilganidan keyin avj olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: