1939 yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill buyurtmasiga asosan tayyorlangan Daimler DB18 kabrioleti Coys of Kensington auksion uyi tomonidan 2 iyulda kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda auksion uyi press-relizida ma'lum qilingan.
Lot 230-260 ming funtov sterlingga (340390 ming dollar) baholangan. Mashina DB18 modelining yagona nusxasi hisoblanadi. Aslida ushbu modeldan 1939 yilda sakkiz dona chiqarilgan. Biroq ulardan beshtasi Koventrida, nemislarning aviazarbasi oqibatida yo‘q qilingan, qolgan ikkitasi esa yaroqsiz hisoblanadi. Avtomobil ovoz kuchaytirgich uskuna bilan jihozlangan bo‘lib, Cherchill undan 1944 va 1949 yillarda saylovoldi kampaniyasi vaqtida foydalangan. Avtomobil o‘ta diqqat bilan qayta ta'mirlangan, yura oladi va unda Buyuk Britaniyaning davlat raqami bor.
Auktsion Oksfordshir grafligidagi tarixiy Blenxeym qasrida kechadi. Uinston Cherchill 1874 yilda aynan shu qasrda dunyoga kelgan.
Ma'lumot uchun: Ser Uinston Leonard Spenser-Cherchill (1874-1965) — britaniyalik siyosiy arbob bo‘lib, 1940-45 va 1951-55 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan. 1953 yilda adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti laureati.