Turkmaniston va Afg‘oniston yetakchilari Toshkentda TAPH gaz quvuri qurilishi bo‘yicha loyihani muhokama qilishdi

O‘zbekiston 23:57 / 24.06.2016 10974

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoy Toshkentdagi uchrashuvda Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) gaz quvuri qurilishi loyihasini muhokama qilishdi, deb xabar berdi Turkmaniston neft-gaz vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonga Shanxay hamkorlik tashkilotining ikki kunlik sammitiga kelgan Turkmaniston va Afg‘oniston yetakchilari 15 iyunda 6-yig‘ilishi Kobulda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hukumatlararo komissiya ishini qayd qilib o‘tishdi. Bu yig‘ilishda TAPH loyihasida ishlovchi afg‘onistonlik mutaxassislarning Turkmanistondagi Xalqaro neft va gaz unirversitetida texnik tayyorgarlikdan o‘tishi muhokama qilingandi.    

Turkmanistonning eng yirik gaz koni – Galkinishdan boshlanadigan TAPH gaz quvurining umumiy uzunligi 1814 km ni tashkil qiladi. Gaz quvuri Afg‘onistonning Hirot va Qandaxor, Pokistonning Kvetta va Multan shaharlaridan o‘tib, Pokiston-Hindiston chegarasidagi Fazilka aholi punktigacha yetadi. Gaz quvurining quvvati yiliga 33 mlrd kub metr tabiiy gazni tashkil qiladi.  

Turkmaniston prezidenti 2015 yilda gaz quvuri qurilishi boshlanishining tantanali marosimida TAPH 2019 yil dekabriga qurib bitirilishi va foydalanishga tayyor bo‘lishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: