Turkiyadagi avtomobil portlashi oqibatida jabrlanganlar soni 12 kishiga yetdi

Jahon 04:11 / 24.06.2016 4662

Turkiya janubi-sharqidagi Mardin provinsiyasidagi politsiya uchastkasi yaqinida minalashtirilgan avtomobilning portlashi natijasida jabrlanganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, portlash oqibatida uch nafar harbiy xizmatchi jarohatlangan. Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.

Manbaning xabar berishicha, portlashni Kurdiston ishchi partiyasi o‘z zimmmasiga olgan.

Avvalroq, Turkiyaning Mardin provinsiyasidagi politsiya uchastkasi yaqinida minalashtirilgan avtomobil portlatilgani, buning natijasida ikki kishi yaralanib, avtobus haydovchisi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: