Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ShHT dasturi imzolandi

O‘zbekiston 18:40 / 24.06.2016 6610

Toshkent shahrida ShHT Sammiti doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturi imzolandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Mazkur hujjat Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri Altinbek Maksutov, Qozog‘iston Respublikasi investitsiya va rivojlanish vaziri o‘rinbosari Yerlan Xairov, Xitoy Xalq Respublikasi Elchisi Sun Lijie, Rossiya Federatsiyasi Turizm federal agentligi rahbari o‘rinbosari Sergey Korneyev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov hamda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi raisi Farrux Rizayev tomonidan imzolandi

Hujjatda belgilanganidek, sayyohlik almanishinuvini jadallashtirish uchun tomonlar mavjud madaniy-tarixiy va iqtisodiy aloqalar negizida umumiy sayyohlik hududini shakllantirish maqsadida turizm sohasida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga harakat qiladilar.

Dastur ijrosi bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtirish ShHTga a'zo mamlakatlar turizm sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha Ekspertlar ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu guruh yig‘ilishi har yili o‘tkazilishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: