AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp "Klintonning 10 ta afsonaviy yolg‘oni" deb nomlangan saytni ishga tushirdi. Shu tariqa Tramp navbatdagi marta mamlakat prezidenti kursisiga kurashda o‘zining asosiy raqibi Xillari Klintonni yomon otliq qilishga urinmoqda.
Internet foydalanuvchilar LyingCrookedHillary.com manzilida joylashgan saytga kirib, 2012 yilda Liviyaning Bengazi shahrida yuz bergan voqealarni eslatuvchi videoyozuvni ko‘rishlari mumkin. O‘shanda AQSh elchixonasiga hujum oqibatida bir necha fuqaro, jumladan elchi o‘ldirilgandi.
O‘sha vaqtda Klinton AQSh Davlat kotibi bo‘lgan. O‘shanda ko‘pchilik Bengazidagi elchixonaga hujum uchun aybni Klinton zimmasiga yuklagandi.