Tramp AQSh prezidenti bo‘lsa biznesidan voz kechadi

Jahon 18:24 / 24.06.2016 4284

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan ehtimoliy nomzod Donald Tramp, mamlakat rahbarligiga saylansa, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmasligi haqida bayonot berdi. 

"Ha shunday qilaman. Ammo, hozircha saylovoldi kampaniyasi ketar ekan, buni amalga oshirish muhim, deb o‘ylamayman", — degan Tramp, shu xususda berilgan savolga javob berar ekan. 

Tramp o‘tgan yilning sentabr oyida prezident etib saylansa, lavozim uchun beriladigan maoshni rad etishini aytgan edi. 

Hozirda, 3 mlrd dollar boylikka ega bo‘lgan Tramp — AQShning muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan biri hisoblanadi.

Google image

Ko‘proq yangiliklar: