Tadqiqot: Pekin yiliga 11 santimetr cho‘kmoqda

Jahon 15:55 / 24.06.2016 14053

Xitoylik va ispaniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Xitoy poytaxti Pekin shahri yiliga 11 santimetr cho‘kib borayapti, deb yozmoqda Britaniyaning The Guardian gazetasi.

Olimlar, so‘nggi bir necha yil davomida sun'iy yo‘ldoshlar orqali olingan suratlarni o‘rganib chiqishgan. Ularning aniqlashicha, xitoyliklarning sanoat va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yerosti suvlarini faol ravishda tortib olishi, Pekin shahrining yiliga 11 smga pasayishiga sabab bo‘lyapti. 

Shaharning ayrim tumanlarida (masalan, Chaoyan tumani hududida) cho‘kish holati bundanda tezroq yuz bermoqda. 

Shunga ko‘ra, olimlar Pekin temir yo‘llari va bino-inshootlarida jiddiy vayronagarchilik yuz berishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. 

Hozirgi vaqtda, tadqiqotchilar ilmiy jurnal uchun Pekin cho‘kishiga oid ilmiy maqola tayyorlashayapti.

Ko‘proq yangiliklar: