Shimoliy Irlandiyada Britaniyadan ajralib chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin

Jahon 14:13 / 24.06.2016 4877

Shimoliy Irlandiyaning "Shinn Feyn" milliy partiyasi raisi Deklan Kerni Brexit bo‘yicha referendum natijalari Birlashgan Qirollikdan ajralib chiqib, Irlandiya bilan birlashishga doir referendum o‘tkazilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi. 

"Bu natijalar Shimoliy Irlandiyadagi siyosiy vaziyatni jiddiy o‘zgartiradi va biz Irlandiya bilan birlashishga doir referendum o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yamiz", - dedi u. 

Shuningdek u bunday saylov natijalari Britaniya hukumatini Shimoliy Irlandiya xalqining manfaatlarini ifodalash vakolatidan mahrum qilishini qo‘shib qo‘ydi. 

Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi masalasiga doir referendum 23 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Brexit tarafdorlari g‘olib bo‘lishdi.

Shimoliy Irlandiya va Shotlandiya Britaniyaning YeIda qolishi tarafdori bo‘lishgan.

Ko‘proq yangiliklar: