Sharqiy Xitoyda yuz bergan tabiiy ofat qurbonlari soni 98 nafarga yetdi

Jahon 10:23 / 24.06.2016 3995

Xitoyning sharqiy Tszyansu provinsiyasidagi Yanchen shahri va boshqa tumanlarida yuz bergan dahshatli to‘fon 98 kishini hayotdan olib ketdi. Sinxua agentligining xabar qilishicha, yana 800ga yaqin odam turli darajada jarohat olgan. 

Dovul Tszyansu provinsiyasining bir nechta tumanlariga yopirilgan. 23 iyunning ikkinchi yarmida kuchli jala va do‘l yoqqan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, dahshatli shamol avtomobillarni ag‘darib, daraxtlarni sindirgan, uylarning tomlarini uchirib ketgan. 

Mamlakat hukumati tabiat injiqliklaridan aziyat chekkan tumanlarga gumanitar yordam yuborgan, ular orasida, mingta yasama chayla va 2 ming krovat ham bor. 

Meteorologlarning ma'lum qilishlaricha, shamol tezligi ayrim joylarda soniyasiga 35 metrga yetgan. Ushbu dovul, Yanchen shahrida 1966 yildan beri ilk marotaba ro‘y bergan.

Ko‘proq yangiliklar: