Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida o‘tayotgan majlisda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etmoqda.
Muzokaralarda ShHT faoliyatini me'yoriy-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish, tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni izchil rivojlantirish, shuningdek, terrorizm, separatizm va ekstremizmga, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinmoqda.
Suratlar muallifi A. Ilyasov ( jahonnews.uz )