Putin: "ShHT Afg‘onistondan kelib chiqayotgan terrorizmga qarshilik ko‘rsatishi lozim"

O‘zbekiston 15:22 / 24.06.2016 10261

RF prezidenti Vladimir Putin fikricha, ShHT mamlakatlari Afg‘oniston hududidan kelib chiqayotgan terrorizm tahdidiga qarshilik ko‘rsatish borasidagi harakatlarini faollashtirishi lozim. 

"Afg‘onistondagi vaziyat jiddiy e'tiborni talab qiladi. Afg‘onistonlik hamkorlar bilan birga, ushbu mamlakat hududidan kelib chiqayotgan terrorizm tahdidi va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilikka birgalida qarshilik ko‘rsatishni faollashtirish kerak", — degan Putin, ShHT davlat rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishida. 

U, shuningdek, giyohvand o‘simliklar yetishtirish va moddalarni ishlab chiqishga barham berish borasida ish olib borish zarurligini, Afg‘onistonga iqtisodiy rivojlanishida yordam berish kerakligini ta'kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: