Putin: Rossiya Brexit jarayoniga ta'sir ko‘rsatmaydi

Jahon 19:08 / 24.06.2016 9721

Rossiya tomoni Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi bo‘yicha jarayonga hech qachon aralashmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qilgan.

«Biz hech qachon aralashmaymiz, hech qachon bu bo‘yicha fikr bildirmaymiz. Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boramiz, lekin bu jarayonga ta'sir ko‘rsatmaymiz, bunga hatto urinmaymiz ham», — deya uning so‘zlarini RIA «Novosti»..

Putin shuningdek, Rossiyaning bu jarayonga aralashuvi haqidagi xabarlar britaniyaliklarga ta'sir o‘tkazishdan boshqa narsa bo‘lmasligini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Brexit jarayoni Buyuk Britaniyaning ichki ishi ekani haqida bayonot bergandi.

Foto: © RIA Novosti

Ko‘proq yangiliklar: