Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning, mamlakat YeIdan chiqsa, "Putin o‘zini baxtiyor his qiladi", degan so‘zlari - Birlashgan Qirollik ijtimoiy fikriga ta'sir etish uchun noto‘g‘ri urinishdir. ShHT sammitida ishtirokini tamomlar ekan, Toshkentga safarini yakunlayotgan RF prezidenti Vladimir Putin shunday fikrlarni bildirgan.
"Fikrimcha, bunday chiqishlar Britaniya aholisi qarashiga ta'sir etish borasida samarasiz urinishdir. Ammo ko‘rinishidan bu ham natija keltirmagan. Ayniqsa, ovoz berishdan so‘ng, Rossiyaning qandaydir fikri haqida bayonot berishga, o‘ylashimcha, hech kimning haqi yo‘q. Bu siyosiy madaniyat darajasining pastligini ko‘rsatadi, xolos", - degan Putin.
Rossiya davlat rahbarining qayd etishicha, rasmiy Moskva Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi borasida qarashini ham bildirmagan, aralashmagan ham.
"O‘ylaymanki, biz o‘zimizni to‘g‘ri tutdik. Nima bo‘layotganini diqqat bilan kuzatdik, ammo bu jarayonga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko‘rsatmadik. Hatto bunday qilishga urinmadik ham", - degan Vladimir Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kemeronning bayonoti hech qanday asosga ega emas.
Foto: TASS