Frantsuz hukumati Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga doir referendum yakunlaridan afsusda ekanligi, biroq bu tanlovni hurmat qilishini ma'lum qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar beradi.
"Buyuk Britaniya bundan buyon YeIning bir qismi bo‘lmaydi, kelishuvda ko‘rib chiqilgan jarayonlar tezda amalga oshiriladi, qoida shunday", - dedi Fransiya prezidenti Fransua Olland o‘z telemurojatida.
Olland Fransiyaning Buyuk Britaniya bilan hamkorligi davom etishini ta'kidladi.
"Bizni tarix, geografiya, iqtisodiy, madaniy, gumanitar hamkorlik bog‘lab turadi", dedi u.
23 iyunda Buyuk Britaniyada Yevroittifoqdan chiqishi masalasiga doir referendum bo‘lib o‘tdi. Unda Brexit tarafdorlari g‘olib bo‘lishdi.
Google image