Obama: AQSh Buyuk Britaniya xalqi fikrini hurmat qiladi, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarmaydi

Jahon 19:17 / 24.06.2016 5136

AQSh Buyuk Britaniya aholisining Yevropa Ittifoqida qolish bo‘yicha tanloviga hurmat bilan qaraydi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar saqlanib qoladi. Bu haqda 24 iyunda AQSh prezidenti Barak Obamaning Oq uy matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan bayonotida aytilmoqda.   

"Birlashgan Qirollik xalqi o‘z fikrini bildirdi, biz bu qarorni hurmat qilamiz. AQSh va Birlashgan Qirollik o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar saqlanib qoladi", deb aytdi Obama va bu AQSh hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligiga ham taalluqli ekanini qo‘shimcha qildi.

Foto: Mark Wilson/Getty Images

Ko‘proq yangiliklar: