Buyuk Britaniya referendum natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqini tark etadi, deb xabar qilmoqda mamlakatning ikkita yirik telekompaniyasi VVS va Sky News.
Ekspertning fikricha, ovozlarni sanash jarayoni yo‘nalishidan kelib chiqib aytish mumkinki, yakuniy natija quyidagicha bo‘ladi: 52 foizga yaqin saylovchi YeIdan chiqish uchun, 48 foizi tashkilotdan a'zolikni saqlash uchun ovoz bergan, deya iqtibos keltiradi Sky News.
Hozircha yevroskeptiklar yevrointegratsiya tarafdorlarini 862 ming kishiga ortda qoldirmoqda.
So‘nggi xabarlardan voqif bo‘lish uchun, bizni kuzatishda davom eting.