Eronning Iran Air aviakompaniyasi va AQShning Boeing konserni o‘rtasidagi bitim umumiy qiymati 17,6 mlrd dollar bo‘lgan 80 ta samolyot yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Boeing’ning xatiga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, samolyotlar 2017 yildan 2025 yilgacha yetkazib beriladi. Boeing, shuningdek, Eron aviakompaniyasiga 27 ta samolyotni ijaraga olishni rasmiylashtirishda yordam berishni rejalashtirmoqda. Samolyotlarning turi va modellari ma'lum qilinmagan.
Avvalroq kompaniyalar AQSh kompaniyasi Eronga yangi samolyotlar yetkazib berishi bo‘yicha o‘zaro hamfikrlik memorandumini imzolashgandi. Unga ko‘ra, Boeing Eron aviakompaniyasiga 737 Next Generation hamda 300ER va 777 seriyasidagi bir qator samolyotlarni yetkazib beradi. Bitim sotib olish huquqi bilan ijaraga berish shaklida o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilishi uchun ikkala kompaniya ham AQSh va Eron hukumatining roziligini olishi kerak.