Niderlandiyadagi fizikaning barcha qonunlariga zid keluvchi suv osti ko‘prigi

Light 23:40 / 24.06.2016 35091

Dunyoda ko‘z uzib bo‘lmaydigan ajoyibotlar mavjud. Odamzod daho insonlar qo‘li bilan yaratilgan mo‘'jizalardan hayratga tushadi. Bugun e'tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan ko‘prik ham bir qaraganda o‘zgacha taassurot uyg‘otadi. 

2002 yilda dunyo Veluwemeer Aqueduct — muhandislarning eng yaxshi ijodiy namunasini ko‘rishga musharraf bo‘ldi. Bu ko‘prik Niderlandiyaning materik qismini Flevoland texnogen oroli bilan bog‘lab turadi.

Bunga qadar juda ham ko‘p g‘oyalar, jumladan, suv osti tunneli yoki oddiy ko‘prik qurish takliflari berilgan. Biroq loyihalar juda qimmat bo‘lib, shu bilan birga, ularni qurish uchun uzoq vaqt talab qilinardi. G‘oya yer osti va suv transportlari tanaffus, tiqilinch va kechikishlarsiz erkin harakatlanishiga qaratildi. 

Noodatiy qaror — suv ko‘prigi hayotga tatbiq etildi. Yo‘lovchilarni ham yoddan chiqarishmadi. Ular uchun yo‘l chekkvsida maxsus jihozlangan trotuarlar qoldirilgan. 
Bugungi kunda 3 metr chuqurlikdan o‘tuvchi ko‘prikdan har kuni 28 000 avtomobil harakatlanadi, kemalar esa suv yuzasidan bexavotir suzib o‘taverishadi. 

Ko‘proq yangiliklar: