Neptun atmosferasida g‘aroyib bo‘ronlar suratga olindi

Light 16:42 / 24.06.2016 5913

Amerikaning Hubble orbital teleskopi Neptun atmosferasida noodatiy shakllarni suratga oldi. Bu haqida teleskop ilmiy jamoasi xabar qildi. 

Avval bunday to‘q rangli bo‘ronlar 1989 yilda «Voyadjyera-2» va 1994 yilda xuddi shu Hubble teleskopi parvozi vaqtida kuzatilgan.  

Mazkur to‘q rangli shamoyillar yuqori bosimli hududlarni anglatadi va ko‘pincha yorqin hamroh-bulutlar bilan qo‘shnichilik qiladi.  "To‘q rangli bo‘ronlar atmosferada xuddi ulkan, linzasimon gaz tog‘lari kabi suzib yurishibdi. Hamroh-bulutlar esa Yerdagi tog‘lar ustida suzuvchi orografik bulutlarga o‘xshaydi", - deya izoh berdi suratlarni tahlil qilgan Berklidagi Kaliforniya Universiteti olimi Mayk Vong. 2015 yilning iyulidan Neptundagi havaskor astronomlar yorqin bulutlarni ko‘ra boshlashgan, shuningdek Havayida ham Keka teleskopida bunday bulutlarni qayd etishgan. Olimlar ularning tagida ko‘pdan beri uchramagan to‘q rangli bo‘ronlar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. 

May oyida olingan suratlar Neptun atmosferasidagi noyob shamoyillar hajmi, shakli, barqarorligi, shuningdek eniga harakatlanishi, tezlashishi va sekinlashishi bilan farqlanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: