Neymar «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga faqat bir shart evaziga rozi bo‘ladi

Sport 12:25 / 24.06.2016 9914

«Barselona» hujumchisi Neymar jamoada qolishga rozi bo‘ldi, lekin bitta shart bilan. Klub uning yuridik muammolarini hal qilib berishi kerak bo‘ladi.

Braziliyaning DIS fondi futbolchi va uning oilasini sudga bergan. Fond vakillarining fikricha, Neymar «Santos»dan «Barselona»ga o‘tganida ular transfer pulining 40 foizini olishlari kerak bo‘lgan. «Barselona» yuristlari bu masalani hal qilish uchun Braziliyaga borishadi.

Ta'kidlash joiz, Neymarga «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» klublari juda katta miqdorda maosh taklif qilishmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: