Dortmundning «Borussiya» jamoasi futbolchisi Genrix Mxitaryanning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi hal bo‘lgan. Bu haqda Tribuna.uz sayti Bild nashriga asoslanib xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, dortmundliklar jamoasi rahbariyati armanistonlik bu futbolchisini inglizlar klubiga 40 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘lgan.
Mxitaryanning «Borussiya» bilan shartnomasi muddati 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan, futbolchi bu shartnomani uzaytirishni istamagandi.
«Borussiya»ga Mxitaryan 2013 yilning yozida Donetskning «Shaxtyor» jamoasidan kelgandi. U nemislar klubida 140 uchrashuvda maydonga tushib, 41ta gol urgan.
Manba: Tribuna.uz