Malayziyalik qutqaruvchilar Janubiy-Xitoy dengizida bortida 24 kishi bo‘lgan sayyohlik kemasini qidirishga tushishdi. Bu haqda 24 iyun kuni New Straits Times nashri xabar bermoqda.
Kema bilan eng so‘nggi aloqa o‘tgan kechada mahalliy 23:00 da (Toshkent vaqti bilan 20:00) bo‘lgan. O‘sha paytda kema Malayziya sharqidagi Sabax shtatidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda turgan. Shundan so‘ng ekipaj bilan aloqa yo‘qolgan.
Kelib tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, kema bortida 12 nafar xitoylik sayyoh, olti nafar mahalliy kurort vakili va olti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.