ShHT sammitining keng doiradagi muzokaralarida ishtirok etgan Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenkoning bayonot berishicha, iqtisodiy hamkorlik ShHTning asosiy hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim.
"Bizlarning o‘zaro munosabatlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri- iqtisodiy hamkorlik bo‘lishi kerak. ShHT mintaqasida ulkan iqtisodiy salohiyat to‘plangan. Shu bilan birga, Hindiston va Pokiston kabi davlatlarning a'zo bo‘lishi bilan tashkiloning qamrovi yanada kengayadi", — degan Belorussiya prezidenti ShHT sammitida qilgan chiqishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiy taraqqiyot maqsadlariga xizmat qilishi kerak.